Baxtiyor Ashurmatov: Himoyadagi kutilmagan xato va gol yigitlarning shashtini sindirdi

  • 18.04.2019 22:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

- “Qo‘qon-1912” bilan bo‘lgan bahsdan so‘ng yigitlarda kayfiyat yaxshi edi. Shu sabab bugungi o‘yinga yaxshi hozirlik olib borgan edik. O‘yinni bugun yomon boshlamadik. Lekin himoyadagi kutilmagan xato va gol yigitlarning shashtini biroz sindirdi. “Lokomotiv” esa o‘zining kuchli jamoa ekanini yana bir bor ko‘rsata oldi. Biz raqib darvozasi yaqinida xavfli vaziyat yaratishda qiynaldik. Boisi “Lokomotiv” mudofaada juda tartibli o‘ynadi. 

Stadionimiz har o‘yinda muxlislar bilan to‘lib toshishini juda ham istayman. Lekin bir o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingisida mag‘lubbo‘lyapmiz. Bunday vaziyatda ishqibozlarimizning stadionni to‘ldirishi biroz qiyin. Lekin sekin-asta o‘z o‘yinimizni yaxshilab, muxlislarimizni g‘alaba bilan xushnud etish niyatidamiz. “Lokomotiv”ni esa bugungi haqli g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!